AQSH Eron uranini yo‘q qilishdan ko‘ra olib ketmoqchi bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2025 yil iyun oyida Vashington Eron yadroviy inshootlaridan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqqanini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bunday operatsiya ancha murakkab va vaqt talab qiladigan jarayon bo‘lgan.
Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida uranni olib tashlash uchun amerikalik mutaxassislar Eron hududida taxminan bir yarim hafta qolishi kerak bo‘lganini bildirdi. U buni “dushman hududida qolish uchun juda uzoq muddat” deb baholagan.
AQSh rahbarining so‘zlariga ko‘ra, boyitilgan uranni ajratib olish jarayoni granit qatlamlarini burg‘ulashni talab qilgan. Tramp 2025 yil iyunidagi zarbalarni eslab, “granit juda qattiq bo‘lgani uchun kuchli bombalardan foydalanilganini” ta’kidladi.
Shuningdek, u Eron uranini nazorat ostida yo‘q qilish mumkinligini, biroq Vashington uni olib chiqishni afzal ko‘rishini aytdi. Trampning fikricha, AQSh oxir-oqibat bu uran zaxiralarini qo‘lga kiritishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!