date

Kongoda Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat yana og‘irlashdi

Kongoda Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat yana og‘irlashdi

Kongoda Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat yana og‘irlashdi. Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi Kongoning Ituri provinsiyasida epidemiya avj olganini tasdiqladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hududda 246 ta kasallanish holati qayd etilgan. Hozirgacha 65 kishi vafot etgan, ulardan to‘rt nafariga Ebola tashxisi rasman qo‘yilgan.

Ebola inson organizmida ichki va tashqi qon ketishlarga sabab bo‘lishi, immun tizimi hamda ichki a’zolarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, kasallik o‘lim xavfini keskin oshiradi.

Mutaxassislar Ebola virusida o‘lim darajasi ayrim holatlarda 30 foizdan 90 foizgacha yetishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Eslatib o‘tamiz, Kongoda o‘tgan yil sentyabr oyida ham 16-epidemiya qayd etilgan va u 15 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kongoda Ebola virusi bilan bog‘liq vaziyat yana og‘irlashdi