date

Vladimir Putin birinchi ustozini shaxsan G'alaba paradiga taklif qildi

Vladimir Putin birinchi ustozini shaxsan G'alaba paradiga taklif qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining ilk ustozlaridan biri Vera Gurevichga alohida e’tibor ko‘rsatgani haqida xabarlar tarqaldi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, prezident ustozini Moskvadagi 9 May — G‘alaba paradi tadbirlariga shaxsan taklif qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vera Gurevich poytaxtda bir necha kun mehmon bo‘lib qolgan. Kechki payt esa Vladimir Putinning o‘zi Arbatdagi mehmonxonalardan biriga borib, ustozini Aurus avtomobilida olib ketgan.

Shundan so‘ng Rossiya prezidenti Vera Gurevichni Kremlga kechki ovqatga taklif qilgani aytilmoqda. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘pchilik tomonidan ustozlarga bo‘lgan hurmat namunasi sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Putin birinchi ustozini shaxsan G'alaba paradiga taklif qildi