15:00 / 05.11.2017
4 932

Hindiston shimolida yarim yil ichida 80 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi

Hindiston shimolida yarim yil ichida 80 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi
Hindistonning shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida hukumat armiyasi va xavfsizlik xizmatlari tomonidan 80 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

«Janubiy Kashmir hududida terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullangan guruhlarga qarshi amalga oshirilgan xatti-harakatlar oqibatida kamida 80 nafar terrorchi, jumladan, ularning yetakchilari ham yo‘q qilindi» — dedi hukumat armiyasi general-mayori Birendra Raju.

«Biroq bu hali terrorchilarga qarshi kurash yakunlandi, degani emas. Sababi shtatda 115 ga yaqin radikallar, xususan, 99 nafar mahalliy va 15—16 nafar chet elliklar faol harakatda», — deydi u so‘zlarini davom ettirib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, notinch hududdagi vaziyat terrorchilar sonining kamayishi bilan yaxshilanadi.

General-mayor armiya va boshqa harbiy tizimlar shtat aholisi tinch yashashi uchun jangarilarga qarshi barcha zarur choralarni ko‘rishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston shimolida yarim yil ichida 80 dan ortiq terrorchi yo‘q qilindi