22:12 / 11.11.2017
9 587

Portugaliyada dinozavrlar vaqtida yashagan akulani ushlashga muvaffaq bo‘lindi (Video)

Portugaliyada dinozavrlar vaqtida yashagan akulani ushlashga muvaffaq bo‘lindi (Video)
Portugaliyaning dengiz va atmosfera instituti xodimlari Algrave tumani sohillari yaqinida dinozavrlar vaqtida yashagan kamdan-kam uchraydigan akulani ushlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Ushlangan akula Atlantika okeanida 80 mln yildan beri mavjud va shu sababli olimlar uni “toshga aylangan tirik mavjudot” deb atashdi.

Ushbu dengiz jonzotining 300 ta tishi bo‘lib, u qadimdan dengizchilarga qo‘rquv solib kelgan. Qadimiy akulaning uzunligi 1,5 metrni tashkil qiladi va u ilonga o‘xshab harakatlanadi.

Ushbu turdagi akulalar katta chuqurlikda yashaganlari sababli kam o‘rganilgan. Ularni Atlantika okeani, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiya sohillari yaqinida uchratish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Portugaliyada dinozavrlar vaqtida yashagan akulani ushlashga muvaffaq bo‘lindi (Video)