13:52 / 05.06.2018
4 534

Ukrainalik ayol katta pulga ega chiqish niyatida 17 yoshli qizini Polshadagi qo‘shmachilarga sotdi

Ukrainalik ayol katta pulga ega chiqish niyatida 17 yoshli qizini Polshadagi qo‘shmachilarga sotdi
Bu ayol lvovlik bo‘lib, ismi-sharifi xavfsizlik maqsadlarini ko‘zlagan holda sir tutilmoqda. Lvovdagi aholini ijtimoiy himoya qilish departamenti Natalya Gorunning hikoya qilishicha, ayol qizini aldov yo‘li bilan Polshaga olib borgan. Aytganki, u yerda katta pul ishlab topsa bo‘ladigan juda yengil va toza ish bor. Qiz onasidan shubha qilmaydi-ku! Borgan. Afsuski, tuqqan ona hali voyaga yetib ulgurmagan qizini qo‘shmachilarga qullikka bergan. Evaziga katta miqdordagi pullarni olgan-u, g‘oyib bo‘lgan.

Qo‘shmachilar esa qulga aylangan bu qizni fohishalarning «qora bozori»da turishga majbur etishgan. Hali voyaga yetmagan bu qiz bilan aysh qilishni xohlovchi erkaklar ko‘pligi sababli to‘qqiz oy davomida qiz qo‘shmachilarga ancha-muncha pul ishlab bergan. Xayriyatki, bu ifloslikdan Polsha politsiyasi vakillari xabar topishdi va qizni qullikdan ozod etib, vataniga jo‘natishdi. Jinoyatchilar esa ozodlikdan mahrum etildi.

Pulni deb iblis yetagiga kirgan, xudoni unutgan, iymoni (agar bo‘lsa) ni sotgan onani esa Ukraina huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari qidirishmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainalik ayol katta pulga ega chiqish niyatida 17 yoshli qizini Polshadagi qo‘shmachilarga sotdi