Sidneydagi Garvana tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari inson tanasida infeksiya bilan qayta zararlanmaslikka yordam beruvchi yangi mikroorganni aniqlashdi. Bu haqda Science Alert ilmiy portaliga tayanib Kun nashri maʼlum qilmoqda.
Limfa tugunlari ustida aniqlangan organ subkapsulyar proliferativ oʻchoq deb atalgan. Dastlab bu organ laboratoriya sichqonlarida, keyinroq esa odamlarda aniqlangan.
Olimlarning taʼkidlashicha, organizm biror infeksiyaga roʻbaroʻ kelgach, kelgusida undan yaxshiroq himoyalanadi. “Immunitet xotirasi” deb ataluvchi bu xususiyat xotiraning B-hujayralari toʻplanishiga xos. Olimlar ularning mavjudligini avval ham bilishgan, biroq ularning aniq joyi birinchi marta aniqlandi.
Foto:Tri Phan
Olimlar ushbu tadqiqotni muhim kashfiyot deb atashmoqda. Organizm infeksiya bilan zararlanganda kasal qoʻzgʻatuvchi bakteriyalar soni har 20-30 daqiqada ikki marta koʻpayadi. Agar inson immun tizimi infeksiya bilan kurashishga juda uzoq tayyorlansa, unda organizm infeksiyani bartaraf etishga ulgurolmay qolishi va inson halok boʻlishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi