13:10 / 01.10.2018
4 268

“Donesk xalq respublikasi” rahbari Zaxarchenkoga uyushtirilgan suiqasd videosi

“Donesk xalq respublikasi” rahbari Zaxarchenkoga uyushtirilgan suiqasd videosi
Oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan “Donesk xalq respublikasi” rahbari Aleksandr Zaxarchenkoga uyushtirilgan suiqasd videosi paydo boʻldi. Rolik “Rossiya-1” telekanalining YouTubeʻdagi sahifasida eʼlon qilingan.

Videokuzatuv kamerasidan olingan yozuvdan koʻrish mumkinki, binoning oldiga bir nechta avtomobil kelib toʻxtagan. Avtomobillardan biridan Zaxarchenko tushgan va qoʻriqlash xizmati hamrohligida kirish eshigiga qarab yoʻl olgan. Kafega birinchi boʻlib uning tansoqchisi kirib, xonani tekshirgan. Shundan soʻng portlash sodir boʻlgan.

31 avgust kuni Donesk markazidagi “Separ” kafesida yuz bergan portlash natijasida ikki kishi halok boʻldi, ular orasida oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan “Donesk xalq respublikasi” (“DXR”) rahbari Aleksandr Zaxarchenko ham bor. Portlashdan keyin olti kishi kasalxonaga olib ketilgan, yana besh kishi kasalxonaga borishdan bosh tortgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukraina razvedkasi Zaxarchenkoga suiqasdni kim tashkillashtirganini maʼlum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Donesk xalq respublikasi” rahbari Zaxarchenkoga uyushtirilgan suiqasd videosi