18:30 / 09.10.2018
5 452

Yana uch nafar ayol Krishtianu Ronalduni zoʻrlaganlikda aybladi

Yana uch nafar ayol Krishtianu Ronalduni zoʻrlaganlikda aybladi
Kecha, 8 oktyabr sanasida “Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoas hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir ayolni zoʻrlashda gumon qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Maʼlum boʻlishicha, ularning soni uch nafarga yetdi. Bu haqda The Sun nashri xabariga tayanib Daryo.uz nashri xabar bermoqda.

Krishtianu Ronaldu ustidan arz qilgan amerikalik model Ketrin Mayorganing advokati Lesli Stovellga Ronalduni zoʻrlashda ayblab yana uch ayol murojaat qilgan. Advokat soʻzlariga koʻra ular ham portugaliyalik futbolchidan Mayorga singari aziyat chekkanini maʼlum qilgan. Lesli hozirda ular bergan maʼlumotlarni tekshirayotganini aytdi.

Maʼlumot uchun, Mayorga Krishtianu Ronaldu uni 2009 yil 13 iyunida Las-Vegasdagi mehmonxonalarning birida zoʻrlagani haqida maʼlum qilgach, Las-Vegas politsiyasi Ronalduga qarshi ishni qayta koʻrib chiqishni boshladi. Uning soʻzlariga koʻra, ayol zoʻrlangan vaqtda uning jim yurishi uchun Ronaldu 375 ming dollar bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yana uch nafar ayol Krishtianu Ronalduni zoʻrlaganlikda aybladi