Tataristondagi qishloqlardan birida yashovchi, gipertonik kriz sababli tez yordam chaqirtirgan ayolni tez yordam mashinasigacha traktor kovshida yetkazishga to‘g‘ri keldi. Gap shundaki, tez yordam mashinasi bemorning uyigacha yo‘l qordan tozalanmagani sababli yetib bora olmagan.
Bu haqdagi xabar “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi Region116.dtp.official pablikida joylashtirilgan. Xabar muallifi tez yordam mashinasi bemor uyigacha borolmaganidan achchiq bildirgan.
“Shunday voqea haqiqatan ham Biyabash kishlog‘ida yuz berdi. 66 yoshli bemor ayol shifoxonaga olib ketilishi kerak edi. U yo‘li hali qordan tozalanmagan qishloq chekkasida yashagan”, deb aytilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, tez yordam feldsheri yo‘lni qordan tozalashni boshlagan traktorchidan vaziyat jiddiyligi sababli ayolni traktori kovshida tez yordam mashinasigacha yetkazishni so‘ragan.
“Ayni vaqtda ayol shifoxonaga yotqazilgan. Uning ahvoli barqaror”, deb ma’lum qilingan respublika sog‘liqni saqlash vazirligida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi