07:39 / 18.10.2019
5 996

TIV: Rossiyada 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

TIV: Rossiyada 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Videodan kadr
OAVda voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sodir bo‘lgan zo‘rlash to‘g‘risida xabar tarqalgani munosabati bilan O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi mazkur masalani nazoratga oldi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 15 oktyabr, seshanba kuni Bosh konsul Fariddin Nasriyev Rossiya IIV Ufa shahri Boshqarmasining Chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlash markaziga borib, jabrlangan qizning onasi va uning advokati bilan suhbatlashdi. Mahalliy tergov organlariga rasmiy murojaat qildi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan Rossiya fuqarosi K.T.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan hamda qamoqqa olish chorasini qo‘llash haqida qaror qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik 15 yoshli qiz 44 yoshli tojikistonlik erkak uning onasini deportatsiya qilish, singillarini esa maktabdan haydash bilan qo‘rqitib, 2 yil davomida zo‘rlab kelgani haqida videomurojaat yo‘llagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » TIV: Rossiyada 2 yil davomida 15 yoshli o‘zbekistonlik qizni zo‘rlab kelgan shaxs qo‘lga olindi