Futbolchi Krishtianu Ronaldu 2019 yilda Instagram ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p pul topgan kishi bo‘ldi. U Buzz Bingo kompaniyasi tomonidan tuzilgan eng boy “instagramchi” yulduzlar ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, futbolchi yil davomida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 38,2 mln funt sterling ishlab topgan. Ekspertlarning baholashicha, Ronalduning har bir homiylik posti unga 780 ming funt sterling keltirgan.
2-o‘rinni yana bir futbol yulduzi - Lionel Messi egallagan. U 2019 yilda Instagram orqali 18,7 mln funt sterling ishlab topgan. Uning sahifasidagi bir reklama postining o‘rtacha narxi 518 ming funt sterlinggacha yetishi mumkin.
Futbolchilar Instagram’da sport brendlari, chipslar va boshqa mahsulotlarni reklama qilish orqali daromad oladilar.
Yetakchi uchtalikdan amerikalik supermodel Kendall Jenner ham joy olgan. U ijtimoiy tarmoq yordamida 12,7 mln funt sterling ishlab topgan. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan uning singlisi Kayli Jenner (8-o‘rin) va opasi Xloya Kardashyan (10-o‘rin), Devid Bekxem, qo‘shiqchi Selena Gomes, Neymar, Zlatan Ibrohimovich va Ronaldino ham joy olgan.
Joriy yilning mart oyida Kayli Jenner o‘z boyligini o‘zi ishlab topgan dunyodagi eng yosh ayol milliarderga aylangandi. Model va tadbkirkor bunday muvaffaqiyatga ijtimoiy tarmoqlar evaziga erishganini tan olgan, chunki o‘z biznesini boshlashdan oldin ularda ko‘plab obunachilarga ega bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi