08:39 / 01.01.2020
3 129

2019 yilda Rossiyada qashshoqlar soni 19,2 million nafarga ko‘paygan

2019 yilda Rossiyada qashshoqlar soni 19,2 million nafarga ko‘paygan
Foto: «Interesnaya Rossiya»
2019 yilning yanvar–sentabr oylari davomida qashshoq ya’ni daromadlari belgilangan eng kam yashash qiymatiga yetmaydigan odamlar soni Rossiyada 19,1 milliondan (13 foiz) 19,2 million nafarga yetgan (aholining 13,1 foizi). Bu haqda «Praym» nashri xabar bergan.

2019 yil uchinchi choragida qashshoqlar soni 2018 yilning mos davriga nisbatan 18,3 milliondan (12,5 foiz) 17,6 milliongacha (12 foiz) kamaygan.
Rossiya statistika qo‘mitasi 2019 yil uchun to‘liq stastistik ma’lumotlarni 2020 yil boshida e’lon qiladi.

Iqtisodiyot taraqqiyoti vazirligining prognoziga ko‘ra, 2019 yilda Rossiyada qashshoqlik darajasi aholining 12,5 foizini tashkil etgan. 2018 yilda ushbu raqam 12,6 foizga teng bo‘lgandi.
Uchinchi chorakda yashash uchun zaruriy eng kam mablag‘ miqdori 11 012 rublni (qariyb 1,7 million so‘m) tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yilda Rossiyada qashshoqlar soni 19,2 million nafarga ko‘paygan