09:43 / 10.02.2020
5 295

Olimlar koronavirus tarqalishi qachon eng yuqori cho‘qqiga chiqishini taxmin qildi

Olimlar koronavirus tarqalishi qachon eng yuqori cho‘qqiga chiqishini taxmin qildi
Foto: France 24
Ekspertlarning fikricha, kasallikka chalinganlarning umumiy soni 500 ming nafar atrofida bo‘ladi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, taqdim qilinayotgan rasmiy ma’lumotlardagi raqamlar kamaytirilgan, deb yozmoqda «RBK»ga tayanib Daryo.

Dekabr oxirida qayd etilgan koronavirusning tarqalishi fevralning ikkinchi yarmida eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi mumkin. London gigiyena va tropik kasalliklar maktabi olimlari Xubey viloyatining Uxan shahridagi kasallik alomatlari asosida matematik model yaratgan, deyiladi Bloomberg xabarida.

Foto: Sinxua
«Vaziyat anchayin mavhumligi tufayli aniq sana yoki raqamni aytish qiyin. Lekin ma’lum axborotlar asosida Uxanda kasallik avjiga chiqqanida ushbu shaharning 5 foiz aholisi, ya’ni 500 ming nafar odam virusga chalinishi mumkin», — deydi dastur mualliflaridan biri Adam Kuxarskiy.

Olimlar tadqiqotidan keyin aytilgan raqam rasmiy ma’lumotlardagi butun dunyoda 37 ming nafar odamning koronavirusga chalingani haqidagi axborotga mos kelmaydi. Ekspertlar rasmiy ma’lumotlardagi raqam kamaytirilganini bildirgan. Bazel universiteti olimi Manuel Battegay kasallikning yengil formasi kuzatilgan vaqtda ko‘pchilik uning koronavirus ekanini payqamaganligini qayd etgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlarning 4,3 foizi og‘ir ahvolda. O‘limgacha olib boradigan holatlar 3 foizni tashkil etgan. Biroq koronavirusga yo‘liqqanlarning asosiy qismida kasallikning yengil formasi kuzatilayotgani inobatga olinsa, o‘lim ko‘rsatkichi 1 foizni tashkil qilishi oydinlashadi.

Gonkong universitetidagi Benjamin Kouling keyingi ikki hafta koronavirus bo‘yicha vaziyatning hal bo‘lishida asosiy vaqt oralig‘i bo‘ladi deb hisoblamoqda, ya’ni ushbu davrda kasallikning butun dunyoda tarqalishi yoki Xitoy hukumati tomonidan karantin bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samara bergani borasida xulosa chiqarish mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi koronavirusga butun dunyoda 37 552 nafar odam chalingan. Vafot etganlar soni 813 nafarni tashkil qiladi. Xitoyning materik qismidan tashqarida ikkita o‘lim holati Gonkong va Filippinda qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirus tarqalishi qachon eng yuqori cho‘qqiga chiqishini taxmin qildi