Ginness rekordlar kitobiga kirgan 41 yoshli amerikalik dorboz Nik Vallenda Nikaraguadagi uyg‘oq Masaya vulqoni ustidan tortilgan po‘lat arqondan yurib o‘tdi.
Valendaning o‘zi ushbu tryukni faoliyatidagi eng murakkabi deb atagan. U cho‘g‘lanib turgan lava bilan to‘lib-toshgan vulqon krateri ustidan undan chiqayotgan zararli bug‘lardan zaharlanmaslik uchun respiratorda o‘tgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu tryukni bajarish uchun Valenda bir necha yil mashq qilgan.
Dorboz vulqon ustidan tortilgan 550 metrlik arqonni 31 daqiqada yurib o‘tgan. Bu vaqtda uni 17 ta kamera va 4 ta dron tasvirga olib turgan.
635 metr balandlikda joylashgan vulqon Nikaragua poytaxti Managuadan 20 km uzoqlikda joylashgan.
Vallenda tortilgan arqondan ekstremal o‘tishlari bilan tanilgan. U o‘z vaqtida Niagara sharsharasi ustidan o‘tgan, ko‘zi bog‘loq holda Grand-Kanonni zabt etgan.
2019 yil iyunda ekstremal singlisi Liyana bilan birga Nyu-Yorkdagi ikkita osmono‘par bino o‘rtasida tortilgan arqondan yurib o‘tgan. Bu hodisani yerdan turib bir necha ming kishi kuzatgan. 396 metrlik arqon 25-qavat balandligida tortilgan bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi