23:50 / 09.03.2020
2 837

Baxtsizlik yordam berdi: Eron koronavirus tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi

Baxtsizlik yordam berdi: Eron koronavirus tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi
Eron koronavirus tufayli 70 mingga yaqin mahbusni qamoqdan ozod qildi, deb xabar berdi Sputnik RIA Novostiga tayangan holda.
Eron Sud hukumati rahbari Ibrohim Raisiyning so‘zlariga ko‘ra, mahbuslarni qamoqqa qaytarish hali rejaga kiritilgani yo‘q.

"Mahbuslarni ozod etish ishlari jamoatchilikka xavf tug‘ilmaguniga qadar davom etadi", - dedi Raisiy.

Sal oldin Eron sud hokimiyati rasmiy vakili G‘ulomxusayn Ismoiliy mamlakat bo‘ylab koronavirus tarqalishi tufayli qamoqxonalarda salomatlikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi savolga sharh berar ekan, 54 mingga yaqin mahbuslarning vaqtinchalik ozod etilishi haqida xabar qilgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq bo‘lgan 6566ta holat qayd etilgan, shundan 2134 kishi shifo topgan, 194 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baxtsizlik yordam berdi: Eron koronavirus tufayli 70 ming mahbusni ozod qildi