Foto: Nick Oxford/Reuters
AQSHning WTI turidagi nefti Londondagi ICE birjasidagi savdolar vaqtida 2002 yildan beri ilk bor 20 dollardan arzonlashib ketdi.
WTI nefti narxi 8,5 foizga tushib ketib, 19,48 dollargacha arzonlashgan. Biroq sal o‘tib uning narxi biroz ko‘tarilib, 20,4 dollarga yetgan.
Savdolar vaqtida Brent turidagi neft ham 7,9 foizga arzonlashib, bir barreli 23,01 dollarni tashkil qilgan.
Neft narxi dunyoda koronavirusga chalinganlar soni tobora ko‘payib borayotgani ortidagi xabarlar sababli pasaymoqda.
27 mart kuni Brent narxi psixologik nuqtadan – bir barreli uchun 25 dollardan pastroqqa tushib ketgan. Bunga 6 mart kuni OPЕK+ bitimi ishtirokchilari – Rossiya va Saudiya Arabistoni neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuv muddatini uzaytirish bo‘yicha kelisha olishmagani sabab bo‘lgan.
Rossiya bitimning joriy shartlari saqlanib qolishini, Saudiya Arabistoni esa qazib olishni yanada kamaytirishni taklif qilgan. Ikki davlat kelisha olmagani sababli 1 apreldan neft qazib olishga cheklovlar amal qilishdan to‘xtaydi.
Ta’kidlab o‘tish joiz, vaziyat shungacha bordiki, AQSHda neftga talab pasayib ketgani sababli uning narxi 0 qiymatdan tushib ketdi. Neft oluvchi kompaniyalar iste’molchilarga neftni to‘lib-toshgan omborlardan olib chiqib ketishlari uchun yonidan 19 sentdan haq to‘lashiga to‘g‘ri kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi