Foto: «Google.com»
Turkmanistonda «koronavirus» so‘zi taqiqlandi. Bunga sabab sifatida mamlakatda vahima tarqalishining oldini olish ko‘rsatilgan.
Endilikda «koronavirus» o‘rniga «o‘tkir respirator kasallik» so‘zini ishlatish mumkin. Turkman hukumati COVID-19 pandemiyasi tufayli aholi o‘rtasida ko‘tarilayotgan vahimani bostirishning ta’sirchan choralarini ko‘rmoqda.
Xabarlarda aytilishicha, ushbu so‘z mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ta’lim maskanlari, kasalxonalar, turli korxonalar va kompaniyalarga yuboriladigan maxsus broshyuralardan chiqarib tashlangan.
Sal oldin mamlakat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat majlisida fuqarolarga isiriq tutuni yordamida virusdan himoyalanishni maslahat bergan edi. Yana shuni aytib o‘tish mumkinki, haligacha rasman Turmanistonda «koronavirus» infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar qayd etilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda
Anchelotti «Real» Chempionlar ligasi finaliga chiqqach Peresni maqtadi
AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)