20:34 / 02.04.2020
3 096

Afrikalik siyosatchi o‘zining sevimli Mercedes-Benz mashinasi bilan dafn qilindi

Afrikalik siyosatchi o‘zining sevimli Mercedes-Benz mashinasi bilan dafn qilindi
Foto: Motor
Janubiy Afrika Respublikasidagi «Demokratik harakatlar birlashmasi» partiyasining a’zosi hamda mahalliy qishloqlardan birining raisi 72 yoshli Tshekedi Pitso vafot etgudek bo‘lsa, o‘zining sevimli avtomobili bilan birgalikda ko‘mishlarini vasiyat qilib qoldirgan. Buning uchun siyosatchi ikki yil oldin Mercedes-Benz E500 sotib olgan, deb xabar beradi Motor'ga tayanib Daryo nashri.

Pitsoning oilasi o‘tgan dam olish kunlari mahrumning vasiyatini bajo keltirdi. U Mercedes ruliga o‘tqazilib, xavfsizlik kamari taqilgan holda dafn etilgan. Marhumning qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Tshekedi nemis markasining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan va shunday usulda dafn etilishni ma’qul ko‘rgan.

Shu turdagi holat 2018 yili Xitoyning Baodin shahrida ham sodir bo‘lgan. O‘shanda mahalliy aholidan biri Hyundai Sonata sedani bilan birga ko‘milgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilning yanvarida Oklaxoma shtatida 1998 yili ishlab chiqarilgan Plymouth Prowler vaqt kapsulasiga aylantirilgani ma’lum bo‘ldi. Mashina ichidagi «sarkofag» 2048 yildagina oshilishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikalik siyosatchi o‘zining sevimli Mercedes-Benz mashinasi bilan dafn qilindi