Foto: AP Photo/Richard Drew
BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda global birdamlik va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqiruvchi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu xalqaro tashkilotning pandemiya bo‘yicha birinchi qarori hisoblanadi.
Rezolyutsiya matni Norvegiya, Shveysariya, Singapur, Lixtenshteyn va Gana tomonidan tayyorlanib, 188 ta davlat unga hammuallif hisoblanadi.
Bosh assambleyada rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish pandemiya sababli yig‘ila olinmayotgani sababli yangi qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan.
Oxirgi muddat tugagungacha hujjat bo‘yicha biror e’tiroz bo‘lmagani sababli u bir ovozdan qabul qilinib, kuchga kirgan.
Rezolyutsiyada koronavirusning jamiyatga vayronkor ta’siri, iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazayotgani, global safarlar va savdoga e’tibor qaratilgan.
Unda xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va BMTning pandemiyaga qarshi global javob berishda markaziy rol o‘ynashi, nochor davlatlarga va pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlarga ko‘mak ko‘rsatish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
Bundan tashqari, koronavirusga qarshi kurashda tahqirlash va ksenofobiyaning har qanday turidan voz kechish va inson huquqlarini hurmat qilish lozmligi belgilab qo‘yilgan.
Hujjat, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni koronavirusga qarshi kurashdagi ma’lumotlar, bilimlar va yutuqlar bilan bo‘lishishga chaqiradi.
Bu orada Rossiyaning pandemiya xavfi ortida barcha savdo urushlariga chek qo‘yishga hamda BMT Xavfsizlik kengashi ma’qullovisiz kiritilgan bir tomonlama sanksiyalardan voz kechishga chaqiruvchi rezolyutsiyasi loyihasi qo‘llab-quvvatlanmagan. Unga AQSH, Yevropa ittifoqi va Ukraina qarshi chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi