21:25 / 09.04.2020
2 435

3 hafta ichida 17 mln amerikalik ishsiz qoldi

3 hafta ichida 17 mln amerikalik ishsiz qoldi
Foto: AP
AQSHda pandemiya boshidan beri 17 mlnga yaqin kishi, jumladan oxirgi haftada 6,6 mln kishi ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha murojaat qilgan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Bunday ma’lumotlarni AQSH mehnat vazirligi taqdim qilgan. Oxirgi 3 hafta ichida taxminan 10 amerikalikdan biri ishini yo‘qotgan.

Mehnat bozorining bunday qisqarishi 1948 yildan beri olib boriladigan statistik kuzatuvlar davomidagi antirekord bo‘ldi. May boshida AQSHda ishsizlik darajasi 15 foizga yetishi kutilmoqda.

Aprel holatiga ko‘ra, AQSHning 48 shtatida ikkinchi darajali korxonalar o‘z ishini to‘xtatgan. Restoranlar, mehmonxonalar, savdo markazlari, ko‘plab mayda bizneslar daromadsiz qolgani sababli millionlab xodimlarini ishdan bo‘shatishiga to‘g‘ri kelgan.

Oxirgi haftaning o‘zida nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi 2019 yilning shu davriga nisbatan 97 foizga qisqarib ketgan.
Aeroportlarda yo‘lovchilar oqimi 95 foizga, mehmonxonalar daromadlari esa 80 foizga kamayib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 3 hafta ichida 17 mln amerikalik ishsiz qoldi