00:41 / 01.08.2020
2 363

Xorij fuqarolari Rossiyaga koronavirus yuqtirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan kiritiladi

Xorij fuqarolari Rossiyaga koronavirus yuqtirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan kiritiladi
Rossiyaga keladigan xorij fuqarolari COVID-19ga chalinmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart. Bu borada Rossiya davlat bosh sanitar shifokorining tegishli qarori e’lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, bu qaror tranzit bilan o‘tayotgan xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham taalluqli bo‘lib, ma’lumotnoma rus yoki ingliz tilida bo‘lishi kerak.

Aniqlik kiritilishicha, tekshiruv PZR uslubida, Rossiyaga kelishdan ko‘pi bilan uch kun avval o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 1 avgustdan boshlab xalqaro aviareyslar qayta tiklanishini ma’lum qilgandi.

«Meduza»ning yozishicha, hozircha havo qatnovi bor-yo‘g‘i uch mamlakat - Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan kelishilgan. Turkiyaning Anqara va Istanbul shaharlariga muntazam reyslar esa 1 avgustdan boshlanadi, 10 avgustdan kurortlarga - Antaliya, Bodrum va Dalamanga parvoz qilish mumkin. Buyuk Britaniya bilan bog‘liq holatda parvozlar birinchi bosqichda Londonga boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xorij fuqarolari Rossiyaga koronavirus yuqtirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan kiritiladi