08:30 / 25.11.2020
2 379

Xitoyda o‘suvchi gul odamlardan yashirinishni o‘rganib oldi

Xitoyda o‘suvchi gul odamlardan yashirinishni o‘rganib oldi
Foto: The Guardian
Xitoyda fritillyariya gullari toshlar orasiga kirib, odamlardan yashirinishni o‘rgandi, deb yozadi The Guardian.

Olimlar tez-tez dorivor giyohlar terib olinadigan joylarda ushbu gulning barglari toshlar bilan bir xil ekanligini aniqladi. Shuning uchun ham fritillyariya o‘sganidan so‘ng uni farqlash qiyin bo‘lib qoladi.

«Biz fritillyariyadagi o‘zgarishlar o‘txo‘r hayvonlar tufayli yuz beradi, deb o‘ylar edik, ammo bunday emas ekan», − deydi Xitoyning Kunmin Botanika instituti doktori Yan Nyu. – Keyinchalik bunga sabab insonlar ekanligini aniqladik».

Tadqiqotchilar o‘simlik yig‘uvchilar fritillyariya gullarining evolyutsiyasiga ta’sir o‘tkazishi va boshqa rangga kirishga sabab bo‘lishini taxmin qildi. O‘z rangini o‘zgartirgan o‘simliklarda esa yashash imkoniyati yuqori bo‘ladi.

Fritillyariya – ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, besh yildan so‘ng gullaydi. Gulning piyozi Xitoy an’anaviy tibbiyotida ikki ming yildan ko‘proq vaqt davomida ishlatilgan. So‘nggi yillarda uning yuqori narxi hosilni ko‘payishga olib keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda o‘suvchi gul odamlardan yashirinishni o‘rganib oldi