3 510
Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Sadir Japarov ikki qudasini lavozimga tayinlaganini tan oldi
Foto: «24.kg»
Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Sadir Japarov mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lib turgan vaqtda ikki qudasini mansabga tayinlaganini tan oldi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi.
«Oktabrdagi voqealardan keyin mening ikki qudam lavozimga ega bo‘ldi», — deya ma’lum qilgan Sadir Japarov Talas viloyatidagi chiqishi vaqtida.
Prezidentlikka nomzodning qayd etishicha, u qudalarining lavozimga tayinlanganini yashirmaydi va buning uchun javobgarlikni zimmasiga oladi. «Biz davlatda barqarorlikni saqlashga urindik. 30-40 kishini almashtirib, biz bu ishni qila oldik», — deya ta’kidlagan Japarov.
Japarov lavozimga tayinlangan qudalaridan bir haqida gapirib bergan: «Qudam menga qarshi muxolifatda edi, doim saylovlarga «Ota Makon»dan qatnashgan, Issiqko‘lda men bilan ovozlarni bo‘lishardi», — degan u.
Avvalroq Sadir Japarov mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi va bosh vazir bo‘lganidan keyin ikki qudasini lavozimga tayinlagani ma’lum bo‘lgan. Turusbek Tumonboyev 21 oktabr kuni gaz taqsimlash stansiyasi huzuridagi «Unaa» davlat muassasasi rahbari etib tayinlangan. Yana bir qudasi — Tashtanbek Qaymazarov Davlat migratsiya xizmati raisi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda
Toxir Kapadze: "Bu yigitlar o‘zbek futbolining kelajagi"
AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)