22:38 / 18.12.2020
5 424

Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidentiga qiziq taklifini bildirdi

Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidentiga qiziq taklifini bildirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Avvalroq bugun, ya’ni 18 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Sammit ishida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Talant Mamitov, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibi Sergey Lebedev va Hamdo‘stlik Parlamentlararo assambleyasi kengashi raisi Valentina Matviyenko ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq MDH doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi, sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi rejalar belgilab olindi.

E’tiborlisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan takliflarni yuqori baholab, kelgusi yilda ularni birgalikda amalga oshirishini ta’kidlab o‘tdi.

«Men O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovichning ma’ruzasini diqqat bilan tingladim. Uning ma’ruzasi hamma narsani qamrab olgan, aytilgan takliflarni hayotga tatbiq etish uchun uni yana bir yilga raislikda qoldirish mumkin bo‘lganda edi, deb o‘yladim. Agar u qarshi bo‘lmasa, biz kelgusi yili uning takliflarini amalga oshiramiz. Bu takliflar juda muhim va aqlli», — dedi Aleksandr Lukashenko.

Davlatimiz rahbari buni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston kelgusi yili MDHda hamrais bo‘lishini va barcha takliflar birgalikda amalga oshirilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda MDHda Belarus Respublikasi rais bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston Prezidentiga qiziq taklifini bildirdi