00:13 / 29.12.2020
2 816

NATO: Rossiya harbiy samolyotlari fuqaro avialaynerlariga xavf solmoqda

NATO: Rossiya harbiy samolyotlari fuqaro avialaynerlariga xavf solmoqda
Foto: «Nato.int»
Joriy yilda NATO qiruvchi samolyotlari Rossiya harbiy samolyotlarini qo‘lga tushirish uchun yuz martalab osmonga ko‘tarildi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansining rasmiy saytida xabar berilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda alyansga a’zo davlatlarning harbiy-havo kuchlari NATOning Yevropadagi havo chegaralariga yaqinlashgan 400 dan ziyod harbiy samolyotlarni qo‘lga olishgan. Shu bilan birga, deyarli 90 foiz hollarda, ya’ni taxminan 350 marta bunday parvozlar Rossiya samolyotlarini qo‘lga tushirish uchun amalga oshirilganligi ta’kidlanmoqda. Bu 2019 yilga nisbatan ko‘p.

NATOning ta’kidlashicha, alyansning havo hududiga yaqin joyda Rossiya samolyotlarining parvozi fuqarolik reyslariga xavf solmoqda.

«Rossiya harbiy samolyotlari ko‘pincha o‘z pozitsiyasi va balandligini ko‘rsatuvchi transponder ma’lumotlarini uzatmaydi, parvoz rejasini taqdim etmaydi yoki aviadispetcherlar bilan aloqaga chiqmaydi, bu esa fuqaro avialaynerlari uchun xavf tug‘diradi», — deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO: Rossiya harbiy samolyotlari fuqaro avialaynerlariga xavf solmoqda