13:02 / 04.05.2024
90

Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi

Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 29 aprel kuni Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosi oqimi bo‘ylab ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Tekshirish davomida daryoning Oqqo‘rg‘on tumani, “Eltamg‘ali” MFY, Ko‘rik qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 2 nafar fuqaro tomonidan motorli qayiq va to‘r yordamida ov qilish qoidalariga zid ravishda baliq ovlanayotgani aniqlangan.

Brakonerlardan ov qilishni to‘xtatish so‘ralganida, ular ekologiya inspektorlariga qayiq eshkaklari bilan hujum qilib, ularni urib suvga yiqitishgan va voqea joyidan qochishgan.

Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan 2 may kuni yuqoridagi 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ma’lumot uchun Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismiga ko‘ra, xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilini qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi