14:54 / 04.05.2024
336

Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?

Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
Championat.Asia muxbiri Nikolay Yegorichev o‘z telegram kanalida kecha O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga mag‘lub bo‘lgan (0:1) U-23 Osiyo kubogi finali haqidagi o‘z fikrlarini chop etdi.

"Kimdir o‘yin haqidagi fikrini final hushtagi yangrashi bilan yozishni yaxshi ko‘radi. Menimcha, bunday matnlarda odatda ko‘proq emotsiya va asos kamroq bo‘ladi.

Finalni boy berish alamli bo‘ldimi? Albatta. Ha, yana ham ketma-ket ikkinchi marta!

O‘yindan so‘ng hamkasblarimga "Finalni hamma yutishi mumkin. Lekin ketma-ket ikki finalda mag‘lub bo‘lishga urinib ko‘rchi! Bu mahorat" deb hazil qildim. Ammo, ikki yil oldingi U-23 Osiyo kubogi finali bilan taqqoslaganda ko‘p farq bor.

O‘shanda Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda O‘zbekistonda deyarli imkoniyat bo‘lmagandi. Nisbatan yaqinda yig‘ilgan Timur Kapadze jamoasi yaxshi tayyorlangan saudiyaliklarga turib bera olmagandi. O‘sha tarkib "xom", shuningdek raqibdan ko‘ra bir necha yilga yosh edi. O‘yinchilarning ko‘pi 19-20 yosh, bu vaqtda saudiyaliklarda asosan 22 yoshli futbolchilar edi. Ikki yildan so‘ng bu jamoa o‘ynab ketdi, yangi o‘yinchilar qo‘shildi va yangilangan Saudiya Arabistoni esa mag‘lub bo‘ldi.

Shuningdek, o‘sha o‘yinda ko‘plab arab jamoalari uchun taaluqli bo‘lgan harakatni qayd etish kerak: saudiyaliklar vaqt cho‘zishdi, simulyatsiya ijro etishdi va har tomonda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchilarining asablariga o‘ynashdi. Bu narsa bu safargi chorak finalda ham ro‘y berdi, ammo o‘yin bo‘yicha ustunlik biz tomonda edi.

Yaponiya - umuman boshqacha raqib. Bu sovuqqon hisoblash, yirtqich intizom va aql bovar qilmas "jismoniy holat". Kecha shu narsa ko‘zga tashlandi: yaponlar maydonda turnirdagi so‘nggi emas, balki birinchi o‘yindek harakat qilishdi! Bunday raqiblar fonida jismoniy tayyorgarlik darajasi farqi yanada ko‘zga tashlanadi. O‘zbekiston terma jamoasi yaxshi holatda edi, ammo yaponlardan o‘tish uchun shunchaki "ulardan ham o‘tib ketish kerak", buni qilish esa deyarli imkonsiz edi.

Bunga qaramay Timur Kapadze jamoasi raqibdan yomon emasdi. Ha, o‘yin yakunida O‘zbekiston terma jamoasi deyarli ikki baravar ko‘p zarba berganini ko‘rishimiz mumkin, ammo ulardan nechtasi haqiqatdan ham xavfli chiqdi? Bunday jurnalistlarga xos gapni yomon ko‘raman, ammo o‘yin haqiqatdan ham deyarli teng edi.

Kecha O‘zbekiston terma jamoasiga nima yetmaganini o‘ylagan holda bir nechta faktorlarni qayd etgan bo‘lardim:

1) Legionerlarning ketgani. Kimdir buni "bahona" deb hisoblaydi, ammo fakt faktligicha qoladi: mudofaadagi Husanov va raqib darvozasi oldidagi Abbos bilan o‘yin boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Abduqodirning kechagi o‘yinda ishtirok etmagani, Abbosni esa kechadan oldingi kuni atigi 20 daqiqaga maydonga chiqqani ikki karra alamli.

2) Olimpiadaga kuch. O‘zbekiston terma jamoasi asosiy vazifasini bajardi va tarixda ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Yarim finaldagi Indoneziyaga qarshi o‘yin o‘ziga xos final bo‘lgandi deyish mumkin. Endi ketma-ket ikkita finalni uch kun farq bilan o‘tkazishni tasavvur qilavering!

3) Hissiy charchoq. Albatta, o‘zbek futbolchilari arab va forslardan ancha uzoqda, ammo baribir hissiyot ko‘p. Oldingi bandda aytganimdek, katta e’tibor aynan yarim finalga berilgandi. G‘alabadan bo‘lgan quvonch ham "finalcha" bo‘lgandi - raqslar, kiyim almashtirish xonasidagi qo‘shiqlar. Menimcha, aynan hissiyot O‘zbekiston terma jamoasiga kechagi Yaponiyaga qarshi o‘yinda yetishmadi. Yaponlarda esa hissiyot umuman yo‘qdek: ular hech qanday e’tirozsiz o‘z ishlarini bajaradigan robotlarga o‘xshaydi.

Penalti esa... Penalti haqida gapirgim kelmayapti. Bu suhbat uchun umuman alohida mavzu. Yanvardayoq kattalar Osiyo kubogida bunga guvoh bo‘ldik. Agar "nuqtadan" o‘z zarbasini Masharipovdek usta amalga oshira olmasa, yoshgina Rahmonaliyevni tanqid qilishdan ma’no nima?

Penalti tepish - bu alohida skill. Uni shug‘ullantirish kerak. Bu zarba texnikasi, psixologik chidam va qaror qabul qilish. Kimdir darvozabonga mo‘ljal qiladi va yugurishdagi pauzalar bilan uni "qimirlatishga" harakat qiladi. Kimdir darvozabon ololmaydigan qilib yon tarafning yuqorisiga zarba beradi. Kimdir o‘yinchi o‘ziga ishonmasa markazga tepishni maslahat beradi. Ammo, oldin aytganimdek, bu ham doim ishlamasligini yanvarda ko‘rdik.

Yana barchasi boshqacha bo‘lishi mumkindek (yoki bo‘lishi kerak) his bor. Xuddi kattalar o‘rtasidagi Osiyo kubogidagidek. Ammo, har qanday holatda ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga ushbu turnir uchun rahmat. Yana ikki yildan so‘ng oltin medallarni olishga urinib ko‘ramiz. Balki uchinchi imkoniyatda buni qilishning uddasidan chiqarmiz".

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?