Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yozda “Paxtakor”dan SSKA ko‘chib o‘tganidan keyin eng ko‘p muhokama qilinadigan futbolchilardan biriga aylandi.
Ayniqsa, 20 yoshli hujumkor futbolchimiz o‘z o‘yini bilan “armiyachilar” safida asosiy figuralardan biri darajasiga ko‘tarilganidan keyin Fayzullayev haqidagi fikr-mulohazalar yanada ko‘paydi.
Kuni kecha legionerimiz Rossiya kubogi finalida SSKA va “Zenit” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda ishtirok etdi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida Osiyo kubogida qatnashib, vakillarimizning Parij Olimpiadasiga yo‘llanma olishiga katta hissa qo‘shgan Abbosbek Fayzullayev piterliklar bilan bo‘ladigan o‘yindan bir kun avval klub ixtiyoriga yetib keldi.
Shu bois, bosh murabbiyi Vladimir Fedotov uni ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga tushirdi.
Jurnalistlar 1:1 hisobi bilan yakunlangan bahsdan keyin “Zenit” yarim himoyachisi Ilzat Axmetovning raqib futbolchisi Abbosbek Fayzullayev bilan bo‘lgan suhbatiga e’tibor qaratib, piterliklar yarim himoyachisidan bu haqda so‘radi:
- O‘yindan keyin Abbosbek Fayzullayev bilan nima haqida suhbatlashdinglar?
- Men undan ishlari qanday ketayotgani haqida so‘radim.
- Siz Fayzullayevni top-futbolchi, deb bilasizmi?
- Ha, albatta.
Eslatib o‘tamiz, Ilzat Axmetov aslida “Rubin” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ham huddi Fayzullayev singari hujum chizig‘ining bir nechta nuqtasida o‘ynay oladi.
Faoliyati davomida to‘rt yil SSKAda, keyin bir yarim mavsum “Krasnodar”da ham to‘p tepgan.
Ilzat 2024 yilning boshida “Zenit” safiga ko‘chib o‘tdi. Rossiya terma jamoasida to‘qqizta o‘yin o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Xitoy va AQSH «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi