
Rossiya Premer-ligasi o‘z telegram kanali orqali 2023-2024 yilgi mavsum kashfiyoti nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikka da’vogarlarning qisqartirilgan ro‘yxatini e’lon qildi.
Saralangan da’vogarlar ro‘yxatiga beshta klubning olti nafar futbolchisi kiritildi.
Demak, mavsumning kashfiyoti bo‘lish uchun raqobat Bitello («Dinamo»), Tamerlan Musayev («Baltika»/SSKA), Nikita Saltikov («Krilya Sovetov»), Mirlind Daku («Rubin»), Muhammad Moxebi («Rostov») va Abbosbek Fayzullayev (SSKA) o‘rtasida kechadi.
Abbosbek Fayzullayevning nomzodi 2023-2024 yilgi mavsumning eng yaxshi hujumchisi nominatsiyasiga ham kiritilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar