Foto: Videodan kadrlar
Samarqandda haydovchiga “50 kundan beri quyoshda turgani”ni aytib, ezilib ketganini ta’kidlagan hamda uch kishigi tushlik olib kelishni so‘ragan YPX xodimi va uning sherigi ishdan olindi. Bu haqda Kun.uz'ga Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sa’dullayev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu holatda ishtirok etgan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan. Ularning rahbarlariga nisbatan esa intizomiy ta’sir choralari ko‘llangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada inspektor va haydovchi o‘rtasida o‘zaro kelishish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tgan. “GAI” xodimi uch kishiga tushlik olib kelishni aytgan. Haydovchi esa bu “taklif” u uchun qiyin ekanini bildirgan. Inspektor esa bunga javoban 100 ming so‘m so‘ragan. “Savdo”dan keyin haydovchi Nexia-3 mashinasida o‘tirgan odamga 70 ming so‘m berib ketgani aks etgan.
Ushbu holatda inspektor haydovchiga qanday qoidabuzarlik qilganligini aytmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi