11:06 / 02.05.2024
140

Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Foto: Semana
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro 2 maydan mamlakat Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzishini va’da qildi.

"Mana, sizning oldingizda respublika prezidenti xabar beradiki, ertaga Isroil davlati prezidenti va hukumati genotsid sodir etayotgani sababli bu davlat bilan diplomatik aloqalar uziladi", — dedi Petro.

Xalqaro mehnatkashlar kuni munosabati bilan xalq bilan uchrashuvida mazkur qarorini e’lon qilgan. Kolumbiya prezidenti millionlab odamlar mazkur qarordan rozi ekanini taxmin qilgan.

"Genotsid davriga qaytib bo‘lmaydi, butun bir xalqning ko‘z o‘ngimizda yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Falastin vayron bo‘lishiga, falastinliklar qirilib ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz", — deya ta’kidlagan Petro.

Kolumbiya hukumati Isroilga nisbatan radikal munosabatda, biroq ayni paytda HAMAS harakatining hujumlarini qoralamagan. Avvalroq Isroilning Bogotadagi elchisi Gali Dagan maslahatlashuvlar uchun Kolumbiya TIVga chaqirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi