
Foto: Arirang News
Iroq hududidagi qarshilik kuchlari 2 may kuni Isroil poytaxti Tel-Avivga havo hujumi uyushtirgan. Bu haqda Arab News nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, hujum uchun javobgarlikni Iroqdagi “Islomiy qarshilik harakati” tashkiloti o‘z zimmasiga olgan. Isroil rasmiylari hujumdan keyin shaharda jiddiy talafotlar bo‘lmaganini bildirgan.
Iroqdagi “Islomiy qarshilik harakati” 7 oktyabr voqealaridan so‘ng Falastin bilan birdamligini e’lon qilgan hamda Isroilga bir nechta havo hujumlari amalga oshirgan. Guruh ,shuningdek, AQSHning Yaqin Sharq hududidagi harbiy bazalariga ham ko‘p bora hujumlar tashkil etgan.
G‘arb manbalari Iroqdagi qarshilik kuchlari Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab keladi. Ushbu guruh hujumlarda foydalanadigan qanotli raketalar ham Eronda ishlab chiqarilishi aytiladi.
Manbada aytilishicha, 2 maydagi hujum bir nechta Arqub tipidagi qanotli raketalar bilan amalga oshirilgan. Raketalarning aksariyati “Temir gumbaz” tomonidan urib tushirilgani xabar qilingan.
IroqIsroilHavo HujumiQarshilik KuchlariIslomiy QarshilikYaqin Sharq O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar