
Montevideoning mahalliy “Liverpul” klubi Urugvay futbolida katta janjalga sabab bo‘ldi. Radio Fenix Urugvay xabariga ko‘ra, klub 37 yoshli Migel Zamudioni jamoadan chetlatgan.
Sababi, Migel o‘z jamoadoshining xotinini yo‘ldan urib, u bilan “don olishib yurgan”. Haqiqiy axloqsizlik deb ataladigan ishga qo‘l urgan futbolchini “Liverpul” hali o‘z safidan to‘liq chetlatmagan, ammo uni Urugvay futbolining uchinchi ligasida o‘ynaydigan ikkinchi jamoaga badarg‘a qilgan.
Hozirda "Liverpul" advokatlari klubga moliyaviy zarar keltirmaslik uchun allaqachon o‘yinchi bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha ish boshlagan.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” Urugvay chempionatida 10 turdan so‘ng 11 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi bahsini 3 may kuni peshqadam “Penyarol”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar