O‘zbekiston U-23 jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov Toshkentdagi kutib olish marosimi vaqtida OAVga intervyu berdi.
"Terma jamoada kayfiyat yaxshi, chunki oldimizga qo‘yilgan vazifa Olimpiadaga chiqish edi. Ammo yigitlar chempionlikka ham erishishni xohlagandi. Shunaqa yuqori maqsad qo‘yganimiz uchun ham Olimpiada yo‘llanmasiga ishonchli tarzda ega chiqdik. Ko‘rsatgan natijamizdan xursandmiz, chunki xalqimizga, vatanimizga va Prezidentimizga mana shunday quvonch bag‘ishladik. Bundan faxrlanamiz. Ishlashda davom etamiz. Parijga ham yuqori maqsadlar ko‘zlab vatanimiz sha’nini munosib himoya qilish uchun boramiz. U yerdan ham yorug‘ yuz bilan qaytishga harakat qilamiz.
Finalda Yaponiyadan yaxshiroq harakat qildik, buni statistika ham ko‘rsatib berdi. Shunchaki omad yetishmadi desak bo‘ladi. Jamoamga ishongan holda aytamanki kecha kuchli jamoa yutqazdi. Boshimizni tik ko‘tarib tark etdik.
Taqdirlash marosimiga rahmatli do‘stim Diyor Rahimqulovning surati tushirilgan formada chiqdim. Buni anchadan buyon niyat qilardim. Xudo xohlasa, Diyor uchun qachondir albatta chempion bo‘lamiz", - dedi Jasur Jaloliddinov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
Netanyaxu Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘ldi
Putinning yadroviy ogohlantirishi — "Oreshnik" nimalarga qodir?
Mashhur kosmetolog Krishtianu Ronalduni sudga berdi