O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yaponiga qarshi kechgan Osiyo kubogi final bahsidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- Yaponiya jamoasini tabriklayman. Biz bugun raqibdan yaxshiroq o‘ynadik, ammo mag‘lub bo‘ldik. Uchrashuv so‘ngida, hisobni tenglashtirishda ajoyib imkoniyatimiz bor edi, ammo nasib qilmagan ekan. Xudo shuni taqdirimizga yozgan ekan va bugun shunday ham bo‘ldi. Biz mag‘lubiyatga munosib emas edik. Asosiy maqsadimiz Olimpiadaga yo‘l oldik. Keyingi musobaqalarda ancha kuchliroq bo‘lib qaytishimizga ishonaman.
- Bugungi uchrashuvda uchta futbolchimiz jarohati sabab zaxiraga olindi. Bu natijaga qanchalik ta’sir qildi deb o‘ylaysiz?
- Birinchi bo‘lim kurashlarga juda boy bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa bunday bo‘lishi aniq edi. O‘yinchilarning majburiy o‘zgarishi albatta o‘yinimizga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Turnir davomida ham futbolchilarda biroz muammolar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo bu sabab bo‘la olmaydi. Agar, uchta legionerimiz biz bilan qolganda balki yanada kuchliroq bo‘lishimiz mumkin edi. Natija shunday bo‘lishi taqdirimizga yozilgan ekan. Hayotimizda yana ko‘p finallar bo‘lishiga ishonaman. Barchasi hali oldinda.
- O‘zbekiston futboli so‘ngi yillarda juda katta o‘sishga erishmoqda. Sizningcha rivojlanish sababi nima deb o‘ylaysiz?
- Buning asosiy sababi hukumatning e’tibori va xalqimizning duosi degan bo‘lardim. Shu sababli biz o‘sishga erishmoqdamiz.
- Finalda o‘ynamagan legioner futbolchilaringiz bugun maydonda bo‘lganda, natija boshqacha bo‘lishi mumkin edimi?
- Uchta asosiy futbolchilarimiz o‘z klublariga jo‘nab ketishdi. Ular bilan yanada kuchliroq bo‘lar edik. Lekin nolimayman, sababi legionerlarimiz o‘z klublariga yordam berishi kerak. Biroq bugun yomon o‘ynamadik.
- Olimpiadaga qisqa vaqt qoldi. Olimpiadaga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqdingizmi?
- Olimpiada haqida bugundan o‘ylashni boshlashimiz kerak. Rejalarimiz bor. FIFA kunlarida tayyorgarlik ko‘rishimiz aniq va bir nechta terma jamoalardan o‘rtoqlik o‘yini bo‘yicha ham takliflar bor.
- O‘zbekiston yoshlar darajasida juda ko‘plab iqtidorli futbolchilarni yetishtirib chiqaradigan "fabrika"ga aylandi. Endi ularni asosiy terma jamoaga jalb qilish vaqti keldimi?
- Yigitlarimiz hozir ham asosiy terma jamoadan chaqiruv olishmoqda. Milliy terma jamoada o‘ynay oladigan futbolchilarimiz ko‘p deb o‘ylayman va ushbu musobaqadan keyin yanada ko‘proq futbolchilarim asosiy terma jamoaga jalb etila boshlaydi deb umid qilaman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan uch kishi ushlandi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Doniyor Toshxo‘jayev lavozimidan ozod etildi
Rossiyaning Dniproga zarbasi NATOni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan qaytara olmaydi
Qirg‘iziston budjetiga korrupsionerlardan misli ko‘rilmagan miqdorda mablag‘ qaytarildi