1 008
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Foto: Instagram /@erkinkomilov_official
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan Botir Qodirov va Jo‘rayevlar o‘rtasidagi mojaroga ko‘plab san’atkorlar o‘z munosabatlarini bildirishmoqda. Sherali Jo‘rayev hayotligida uning qadrdonlaridan biri bo‘lgan aktyor Erkin Komilov ham o‘zi bilgan haqiqatlarni ommaga ma’lum qildi.
- Biz tirik guvohlardan ikki-uch kishi qoldik, menimcha. Lekin butun Andijon bu haqda biladi. Do‘stim Tohir O‘rinboyev tirik guvohlardan biri, u Sherali Jo‘rayev bilan juda yaqin bo‘lgan. Men uchinchi kurs bo‘lganimda Sherali Jo‘rayev birinchi kursda o‘qirdi. 1979–1980 yillarda O‘ktam Usmonovning “Girdob” videofilmida Aziz Qosimov rolini ijro etgan vaqtlarimda juda katta shov-shuv bo‘lib ketgan. Meni to‘ylarga ko‘p chaqirishardi, ayniqsa, ona yurtim Andijonga ko‘p taklif qilishardi. San’atkorlarga alohida joy qilinardi, bir to‘yda Zulxumor degan qiz davrada raqsga tushgandi. U qizni ilk marta ko‘rishim, o‘zgacha nafosat bilan raqsga tushgandi. U qo‘shiq tugaganidan keyin san’atkorlar stoliga kelib o‘tirdi.
Undan keyin ham juda ko‘p to‘y-tantanalarda uni uchratdim. Charchoqdanmi, bilmadim, u ko‘zini tez-tez pirpiratardi. Bir kuni to‘yda yana uchrashib qoldik. Hurmat yuzasidan o‘rnimdan turib salomlashdim va homiladorligini sezdim. “Zulxumor, homiladormisan?” desam, kulib “Ha, Sherali Jo‘rayevdan bolam bor”, deb javob berdi. Xonandaning nomini eshitib, hayron bo‘lib qoldim. “Ilohim, o‘g‘ilmi-qizmi, eson-omon bag‘ringga bosib olgin”, deb duo qildim. Bu men qulog‘im bilan eshitganim, bilib turib aytmaslikka ham narigi dunyoda jazo bor. Buni nafaqat men, boshqalar ham yaxshi bilishadi.
Bir narsaga hayron qolaman. Dunyoda shunday ulug‘ siymo borki, hech birimiz osmondan tushib yoki yerdan qo‘ziqorindek chiqqanimiz yo‘q. Onalarning oldida bir umrga qarzdormiz. Chunki to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, keyin qo‘lida, qalbida asragan bu ona bo‘ladi. Shuning uchun uning sha’niga noto‘g‘ri gap gapirishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Men ham onamni so‘kishsa, albatta, jazosini berganman.
Bizning Farhod degan tanishimiz ham bor edi, u organ sohasida ishlardi. O‘sha vaqtlarda qo‘ng‘iroq qilib, “Sherali farzandli bo‘ldi, o‘g‘il ko‘ribdi”, dedi. “Zulxumorni homiladorligida ko‘rgandim, eson-omon qutulibdi”, deb quvondim.
Bir narsaga hayron bo‘laman, bular nimani talashyapti? Botirning ham bisoti o‘ziga yetarli, Jo‘rayevlarniki ham o‘ziga yetarli. Sherali kimningdir gapi bilan qayerdadir “40 yoshimda farzandli bo‘lganman, u bola mening farzandim emas”, degandir. Men Sherali Jo‘rayevni yaxshi bilaman, u benikoh u ayolning oldiga yaqinlashmagan. Botir Qodirov uning farzandi.
Bu hayotda kuchanib yashab nima qilasan? Bemalol nafas olib yashagin, bolalarim. Men 43 yillar avvalgi gaplarni gapiryapman, — deydi Erkin Komilov.
O‘zbekiston xalq artisti Botir Jo‘rayevning familiyasi o‘zgarib qolganida hayron bo‘lgani haqida ham gapirdi.
— Botir Jo‘rayev bo‘lib sahnaga chiqqanida, Zulxumorning o‘g‘li ajoyib hofiz bo‘libdi, deb quvongandim. Keyinchalik familiyasi Qodirovga o‘zgardi. Shunda tanishlar “Familiyangni o‘zgartirasan”, deb talab qilishibdi, deyishganida dilim og‘ridi. Aka-uka hech narsa talashmasdan, bir-biri bilan inoq bo‘lib yashasa bo‘ladi-ku. Agar ular bir-biriga mehrli bo‘lib, ikki oylab katta saroyda konsert berishsa ham, xalqning ularga talabi yuqori bo‘ladi. Bu voqealardan keyin kim o‘zining obro‘sini yerga urdi. Haq bo‘lib chiqsa-ku, mayli, nohaq bo‘lsalar-chi? Bir inson, san’atkor sifatida dilimdan aytaman, Botir dunyoga kelganida bular hali tug‘ilmagandi, — deydi Erkin Komilov.
Aktyor Botir Qodirovning onasi raqqosa Zulxumor Qodirova haqida quyidagilarni ma’lum qildi.
Foto: Instagram / @botirqodirovofficial
— Zulxumor nihoyatda go‘zal, fe’li esa og‘ir-bosiq edi. To‘ylarda birovga ortiqcha xatti-harakat qilganini ko‘rmaganman. Raqsga tushib, keyin joyiga kelib o‘tirardi. Raqs ham bir san’at, chiroyli raqsga tushish ham hammaning qo‘lidan kelmaydi. U bokira, hayoli va iboli ayol edi.
Sherali Jo‘rayev birinchi ayolidan 15-16 yil farzand ko‘rmagan. Bilishimcha, u betob bo‘lgan. Farzand ko‘rmagani uchun Sheralida shubha tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni “Nahotki men farzand ko‘rmasam, deb Zulxumorga uylangan bo‘lishi mumkin”, deb o‘ylayman. U Botir tug‘ilganida xursand bo‘lib, yer-u ko‘kka sig‘magan. Sherali bilan bu mavzuda hech gaplashmaganman, ammo vaziyat shu darajaga yetishini bilganimda, albatta, tirikligida bu haqda gaplashgan bo‘lardim.
Sherali Jo‘rayev xudojo‘y inson bo‘lgan, uni farzandini haromi deyishga kim majbur qilganining tagiga yetish kerak. Afsuski, Sherali juda ko‘p gaplarni o‘zi bilan qabrga olib ketdi. Niyatim — aka-ukalar xalqqa ovoza bo‘lib, bir-birlari bilan nizoga borishmasin, ginalarni unutishsin, — deydi O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi