Foto: Prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi majlisi arafasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida sheriklikning yuksak darajasiga erishilgani, yaqin va samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bugungi kunda bankning mamlakatimizdagi loyihalari portfeli 4,4 milliard yevrodan oshgan. Ularda xususiy sektor ulushi 70 foizga yaqinlashdi.
Hamkorlik yo‘nalishlari va ko‘lamini, eng avvalo, kichik va o‘rta biznes, xotin-qizlar tadbirkorligi, muqobil energetika, raqamli texnologiyalar kabi sohalarda kengaytirish maqsadida O‘zbekiston va YETTB o‘rtasida yangi Sheriklik strategiyasi qabul qilindi.
Bankning faol ko‘magi va bevosita ishtirokida davlat korxonalarini xususiylashtirishga tayyorlash tadbirlari olib borilmoqda, bank-moliya sohasida yirik bitimlar amalga oshirildi, «yashil» energetika, transport infratuzilmasi, ekologiya, va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
Davlatimiz rahbari suv ta’minoti, energetika, yo‘l infratuzilmasi, «yashil» shaharlarni rivojlantirish borasida yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.
Bo‘lajak Xorijiy investorlar kengashi majlisining kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi dasturi doirasida OPЕK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifani qabul qildi.
Davlatimiz rahbari OPЕK jamg‘armasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim o‘rnini qayd etib, O‘zbekistonda sanoat, infratuzilma, suv ta’minoti va boshqa sohalarda moliyalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini yuqori baholadi.
Forum davomida imzolangan qiymati 500 million dollarlik bitim doirasidagi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi. Hujjatda turizm, logistika, farmatsevtika, ekologiya, xotin-qizlar tadbirkorligi va yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi yangi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi