14:48 / 02.05.2024
149

Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi

Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Toshkent viloyatida muqaddam bir necha marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi A.Sh. ismli ayol IIOga murojaat qilib, o‘zining nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 28 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi muqaddam 8 marta sudlangan 26 yoshli K.D. sodir etgani aniqlangan.

Unga ko‘ra, jabrlanuvchi K.D. jabrlanuvchi A.Sh.ga o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga onlayn kredit rasmiylashtirishda yordam beraman deya, soxta havola yordamida uning TBC bank ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, ro‘yxatdan o‘tgan va 28 million so‘m onlayn kredit rasmiylashtirib, o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Bundan tashqari, K.D. asosan Telegram messenjeridagi “TBC BANK”, “AGROBANK 24/7”, “Nikain_tm” nomli Telegram profillaridan fuqarolarga xabar yozib hamda qo‘ng‘iroq qilib o‘zini “Muzaffar” hamda “Jamshidbek” deb tanishtirgani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan K.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi