10:46 / 30.12.2020
2 843

O‘pka saratonining kutilmagan alomati aniqlandi

O‘pka saratonining kutilmagan alomati aniqlandi
Foto: «Profile.ru»
Qo‘ltiq ostidagi shishlar o‘pka saratonidan darak berishi mumkin, deya xabar berdi «Express» nashri «Cancer Research UK» tashkilotiga tayanib.
Tashkilotning ma’lum qilishicha, ayniqsa, qo‘ltiq osti yoki bo‘yindagi shishlar kasallikning limfa tugunlariga o‘tganini bildirishi mumkin.

Shu bilan birga, «Cancer Research UK» limfa tugunlari yuqumli kasalliklarda ham kattalashishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
«Shunga qaramay, shifokor tekshiruvdan o‘tkazib, bir qancha tahlillarni olmaguncha, shishlarning paydo bo‘lish sababiga ishonch hosil qilolmaysiz», — deya ogohlantirishmoqda mutaxassislar.

«Express» nashrining yozishicha, o‘pka saratonining nisbatan kam uchraydigan alomatlariga, shuningdek, barmoq suyagi uchlari qalinlashishi, yutinishga qiynalish (disfagiya) yoki yutingan paytdagi og‘riq, ovozning bo‘g‘ilishi, yuz yoki bo‘yindagi shish, ko‘krak qafasi yoki yelkadagi doimiy og‘riqlar kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘pka saratonining kutilmagan alomati aniqlandi