Har bir kishi hamisha ishi yurishishini istaydi. Ammo bunday omad hammaga ham nasib etavermaydi. Agar siz o‘sha omadi yurishmaganlarning biri bo‘lsangiz, hoynahoy, olib borayotgan ishingizda qandaydir xatoga yo‘l qo‘yyapsiz.
Ayniqsa, Sizning qaysidir jihatingiz rahbaringizni qoniqtirmaydi. Bu – ish qonuni. Agar sizga salgina omad kulib boqmagan bo‘lsa va rahbaringiz xudbin odam bo‘lmasa, uning xayrixohligiga erishishning ko‘plab usullari mavjud. Psixolog olimlar tomonidan tavsiya etilgan quyidagi maslahatlar Sizga ana shu masalada yordam berishi mumkin.
Yoqimli odam bo‘ling. Biz sizning juda yaxshi odamligingizga, hamma hamkasblaringiz sizni yaxshi ko‘rishiga shubha qilmaymiz. Biroq atrofingizdagilar, jumladan, rahbaringiz uchun yanada yoqimli bo‘lishingizning qator usullari bor. Xunuk so‘zlardan, qo‘pol harakatlardan va boshqa xatolardan xalos bo‘ling. Laganbardorga aylanishga hojat yo‘q. Ularni hech kim yoqtirmaydi.
Sizning o‘rningizni hech kim bosolmasin. Ya’ni, eng avvalo, yaxshi mutaxassis bo‘ling. Agar sizsiz ish to‘xtab qolsa, demak, siz boshqalardan ko‘ra mansab pillapoyasidan ko‘tarilish, mukofot va boshqa katta yutuqlarga yaqinroqdasiz. Agar unday bo‘lmasangiz, shu tomonga harakat qilishning ayni payti. Eng muhim loyihalar ustida ishlang, sizni boshqalardan ajratib turadigan ishlarni o‘rganing.
Rahbar uchun muhim narsa siz uchun ham muhim bo‘lsin. Rahbaringiz uchun muhim hamma narsani o‘zingiz uchun ham muhim deb biling. U bilan ish haqida suhbatlashing, fikrini biling, ish bilan bog‘liq qiziqishlaringiz moslashishiga harakat qiling. Ular bir xil bo‘lishi kerak emas, biroq rahbar va jamoa uchun muhim ishlarni qanday amalga oshirishni so‘rab turing, ruxsat so‘rab o‘z fikrlaringizni ayting. Rahbarning fikrlariga xayrixoh bo‘ling.
Uni xabardor qilib turing. Rahbaringizga goh-gohida ko‘rinib, bo‘layotgan ishlardan boxabar qilib turmasligingiz unga yoqmasligi turgan gap. Balki unga qilingan ishlar haqida muntazam ravishda hisobot ham taqdim etish kerakdir. Bu qanchalik samaradorligingizni ko‘rsatish uchun ham muhim.
Muammoni rahbar hal qilmasidan avval hal qiling. Hech kim mukammal emas, rahbariingiz ham buni tushunsa kerak. Ammo muammoni u hal qilmaguncha hal qilolsangiz, unga ancha yaxshi ko‘rinasiz. Bunga erishishning eng yaxshi yo‘li – ish jurnali tutib, hamma ishlaringizni yozib borish. Shundan so‘ng o‘zingizni rahbar nazari bilan baholang. Salgina omad bo‘lsa, muammoni yuqoridagilardan avvalroq ko‘rib, hal qilishingiz mumkin.
Xatolaringiz uchun uzr so‘rashga tayyor turing. Hamma adashadi, siz ham bundan istisno emassiz. Agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, uzr so‘rashga tayyor turing. Men nohaq edim. Aybdorman. O‘zgaraman. Xatoga yo‘l qo‘ydim. Bularning bari noto‘g‘-ri uzr so‘rashga misoldir. O‘zingizga «Kim bilan gaplashyapman, bu odam mendan nimani eshitmoqchi?» deb savol bering. Shu savolga javob berib, uzrni qanday so‘rash kerakligini tushunasiz.
Hurmat qozonishga harakat qiling. Qaysidir holatlarda bu ish berishi mumkin. Biroq rahbarning mehrini qozonishning eng yaxshi yo‘li bu – sidqidildan mehnat qilish, ofisdagi g‘iybatlardan va bekorchi gap sotishlardan uzoq bo‘lish, shuningdek, xolis tanqidni qabul qilish, degani. Yoqimli odam bo‘lish (birinchi qoida) ham to‘g‘ri, biroq bu ikkisi turlicha yondashuvlar. Agar siz mas’uliyatni his etib, aytilgan ishni o‘z vaqtida chiroyli ado etsangiz, o‘zingizni ranjitishga yo‘l qo‘ymasangiz, rahbar ham hamisha sizni hurmat qiladi.
O‘zingizni band ko‘rsatish san’atini egallang. Ba’zan oldinda bo‘lish uchun ozgina ayyorlik ishlatishga ham to‘g‘ri keladi. Shu bois o‘zingizni band qilib (bunday bo‘lmagan taqdirda ham) ko‘rsatishni bilishingiz kerak. Biz ishdan qochish yoki aldash haqida gapirmayapmiz. Shunchaki xo‘jayiningizga band odamligingizni, doim qandaydir ish bilan shug‘ullanishingizni bildirishga harakat qiling.
To‘g‘ri munosabatda bo‘ling. Agar rahbanringiz xudbin odam bo‘lmasa, to‘g‘ri gapdan yaxshi va yomon gapidan xafa bo‘lavermang. Ammo sizdan kamchiliklarni so‘raganda, hamma shikoyatlaringizni to‘kib solishga urinmang, gap qaytarmang, aslo yolg‘on gapirmang. Hamkasblaringi, ularning kamchiliklari haqida fikr bildirmang.
Ishni 100 foiz bajaring hatto, rahbaringizni yoqtirmasangiz ham. Ba’zan ishni qanday qilishingiz muhim emas, undan natija, samara bo‘lishi muhimdir. Shaxsiy va oilaviy hayotingiz haqida imkon qadar gapirmaslikka harakat qiling. Ishni uyga olib kelmang, atrofdagi odamlardan ishdagi yoki uydagi ko‘ngilsizliklar uchun ishxonadagilardan alamingizni olmang. Yaxshisi, vaziyatni qanday yaxshilash mumkinligini o‘ylang.
Muazzam IBROHIMOVA
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi