date

Xamdam Sobirovning "Altingul" nomli yangi klipi premerasi e'lon qilindi

Xamdam Sobirovning "Altingul" nomli yangi klipi premerasi e'lon qilindi

O‘zbekistonlik mashhur xonanda Xamdam Sobirov o‘zining Instagram sahifasida yangi qo‘shig‘i "Altingul"ning premyerasini e'lon qildi. Ushbu qo‘shiq va unga ishlangan klip sevgi hikoyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, klipda hind yigiti va qozoq qizi o‘rtasidagi romantik munosabatlar tasvirlanadi. Yangi klip 22-avgust kuni xonandaning YouTube kanalida premyera qilinadi.

Xamdam Sobirov so‘nggi yillarda o‘zining hit qo‘shiqlari bilan keng auditoriyaning e'tiborini jalb qilmoqda. "Janze", "Malohat", "Nazira", "Yomg‘irlar" kabi qo‘shiqlari millionlab marotaba tomosha qilingan.

Shuningdek, "NevoMusic" ma'lumotlariga ko‘ra, Sobirovning barcha kliplari umumiy hisobda 5 milliarddan ortiq ko‘rishlarga erishgan. Xonanda o‘zining ajoyib musiqalari va kreativ kliplari bilan nafaqat o‘zbek, balki xorijlik tomoshabinlar ham e'tiborini tortmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xamdam Sobirovning "Altingul" nomli yangi klipi premerasi e'lon qilindi