Gonkong mezbonlik qilayotgan Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim finalining ilk uchrashuvi yakunlandi. Unda Ronaldu yetakchiligidagi "Al Nassr" bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, g‘alabaga erishdi va finalga yo‘l oldi.
Manening 10-daqiqadagi goliga 16-daqiqada Bergveyn javob berdi. 25-daqiqada senegallik futbolchi chetlatildi. Ikkinchi bo‘limda esa Ronalduning assistidan so‘ng Feliks riyodliklarning ikkinchi to‘pini kiritdi.
Navbatdagi finalchi ertaga "Al Ahli" – "Al Qodisiya" uchrashuvida aniqlanadi.
Saudiya Arabistoni Superkubogi
Yarim final bosqichi
"Al Nassr" – "Al Ittihod" 2:1
"Gonkong" stadioni. 17:00
Gollar: Sadio Mane 10', Feliks 61' – Stiven Bergveyn 16'
"Al Nassr": Bentu, Bushal, Simakan, Inigo Martines, Ayman (Al G‘annam, 80), Al Haybari (Al Hassan, 90), Brozovich, Feliks, Koman (Uesli, 80), Mane, Ronaldu (Anjelo, 90+1).
"Al Ittihod": Hamid Al Shinqiti, Muhammad Al Shanqiti, Al Musa (Al G‘amdi, 89), Danilo, Mario, Kante, Fabino, Auar (Al Shahri, 82), Diabi (Ernandes, 82), Stiven Bergveyn (Al Oboud, 81), Benzema.
Ogohlantirishlar: Fabino (45+1), Muhammad Al Shanqiti (53), Uesli (90+2), Al G‘amdi (90+2), Brozovich (90+6).
Chetlatish: Sadio Mane (25).
Saudiya superkubogi. «An Nassr» «Al Ittihod»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar