date

Meryem Uzerli tug‘ilgan kunida oltin libosda yondi (foto)

Meryem Uzerli tug‘ilgan kunida oltin libosda yondi (foto)

"Muhtasham yuz yil" serialidagi mashhur Hurrem rolini ijro etgan Meryem Uzerli 42 yoshini nishonladi va bayramda hashamatli oltin libosda jilvalandi. Aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda kechadan lavhalarni muxlislari bilan bo‘lishdi, deb xabar bermoqda Peopletalk.

Ekrandagi qahramon kabi dabdabani sevuvchi Meryem bu safar ham ziyofat uslubini oltin rangga moslashtirdi. Yulduz nozik qomatini yanada chiroyli ko‘rsatadigan uzun, oltin rangli libos kiyib, sochlarini pastdan yig‘ib, quyruq shaklida bog‘ladi va yengil bo‘yanish tanladi.

Muxlislar esa u haqda iliq fikrlar bildirdi: “Hurram qaytdi!”, “Haqiqiy sulton!”, “Har doim shunday go‘zal va jozibali bo‘ling”.

Ma’lumot uchun, Meryem ikki qizning onasi: turkiyalik tadbirkor Jon Ateshdan tug‘ilgan 11 yoshli Lara va amerikalik ishbilarmondan dunyoga kelgan 4 yoshli Lili Koi. Aktrisa qizining otasining kimligini oshkor etmagan, biroq 2022 yilda u bilan ajrashgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Meryem Uzerli tug‘ilgan kunida oltin libosda yondi (foto)