18:54 / 13.05.2018
6 466

Ayol muhabbati har nega qodir

Ayol muhabbati har nega qodir
Bir dono ayolga hayotda tajribasi yo‘q ayol hasrat va alam bilan murojaat qildi.

— Opajon, men turmush o‘rtog‘im bilan ajrashmoqchiman. Men undan o‘ch olmoqchiman. Unga shunday azob berayki, u qiynalsin, alamidan faryodi ko‘kka yetsin. Nima qilsam, u azobda qoladi?

Shunda dono ayol yosh juvonga shunday maslahat berdi:

— Siz xojangizga go‘yoki uni o‘ta sevib qolgan ayol rolini o‘ynang. Hammasi shunday tabiiy bo‘lsinki, natijada u siz ko‘rsatayotgan mehr-muhabbatdan hech qayoqqa qocha olmay, sizni sevib qolsin. Siz shunday harakat qilingki, o‘zingizni telbalarcha sevdiring. U sizni sevib qolgandan so‘ng esa, marhamat, uni tashlab ketavering. Ana u azob dunyodagi eng oliy jazo bo‘ladi!

Bu maslahat ayolga ma’qul tushib, debdi:

— Agar maslahatingiz natija bermasa-chi?

Dono ayol:

— Albatta, natija beradi. Menga ishoning, — debdi tabassum bilan.

Ayol uyiga jo‘nab ketibdi. O‘sha kundanoq dono ayol aytgan har bir so‘zga amal qila boshlabdi. Oradan bir yilcha vaqt o‘tib, ko‘chada ushbu ayol dono ayol bilan behos uchrashib qolibdi. Dono ayol so‘rabdi:

— Nima bo‘ldi? Xojangiz bilan ajrashmoqchi edingiz…

Shunda ayol javob beribdi:

— Men ajrasharkanmanmi? Men-a?! Hayotimdan kechsam kechamanki, hayotim mazmuni bo‘lgan xojamdan o‘lgunimcha ajralmayman. Menga ularsiz, ularga mensiz hayot yo‘q!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayol muhabbati har nega qodir