date

Noutbuk batareyasini to‘g‘ri foydalanish: doim zaryadda saqlash xafsizmi?

Noutbuk batareyasini to‘g‘ri foydalanish: doim zaryadda saqlash xafsizmi?
Zamonaviy foydalanuvchilar orasida “noutbukni doim zaryadda saqlash mumkinmi?” degan savol juda ko‘p muhokama qilinadi, deb xabar berdi lifehacker.ru. Ko‘pchilikning fikrida, kompyuterni elektr tarmog‘iga uzoq vaqt ulagan holda ishlatish batareyaga salbiy ta’sir qiladi, degan stereotip saqlanib qolgan. Lekin bugungi texnologiyalar fonida bu savolga yangicha yondashish kerak.

Yangi avlod noutbuklarida avtomatik zaryad nazorati tizimi mavjud bo‘lib, batareya to‘liq zaryadlangach, qurilma to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqdan elektr oladi va akkumulatorga ortiqcha yuk tushmaydi. Bu esa batareyaning eskirishi va hajmining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ilgari bu funksiyalar faqat yuqori segmentdagi qurilmalarda bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda Lenovo, Asus, Dell, HP va boshqa yetakchi brendlarda standartga aylangan.

Shu bilan birga, foydalanuvchilar uchun eng katta xatar — noutbukning qizib ketishi. Agar siz yuqori yuklamada (masalan, video montaj yoki o‘yin) ishlaydigan bo‘lsangiz, batareya doimiy issiqlik ostida qoladi. Litiy-ion akkumulatorlar yuqori haroratni yomon ko‘radi: 40–45°C atrofidagi havo ham batareyaning ishlash muddatini qisqartiradi. Shuning uchun, eng yaxshi tavsiya — noutbukni havosi yaxshi aylanayotgan, soyali va salqin joyda ishlatishdir.

Yana bir muhim masala — batareyadan foydalanish faolligi. Agar noutbukni faqat elektr tarmog‘iga ulab ishlatsangiz va batareya doimo 100% holatda tursa, akkumulator ichki kimyoviy jarayonlar tufayli o‘z xususiyatlarini yo‘qota boshlaydi. Shuning uchun, haftada bir-ikki marta batareyani 30–50% gacha kuchlanish qolguncha ishlatish va qayta zaryadlash zarur.

Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan batareyani asrash uchun maxsus dasturiy ta’minotlar ham yaratilgan. Masalan, Lenovo Vantage, Asus Battery Health Charging, Dell Power Manager kabi ilovalar batareya to‘liq zaryadlanib qolmasligi uchun uni 60–80% oralig‘ida cheklaydi. Bu, ayniqsa, noutbukdan ish joyida yoki uyda doim elektrga ulangan holda foydalanuvchilar uchun juda qulay.

Xulosa qilib aytganda:
Agar noutbukingiz haddan tashqari isiy boshlamasa va haftasiga kamida bir marta batareyadan mustaqil foydalansangiz, zamonaviy noutbukni doim zaryadda saqlash xavfsiz hisoblanadi. Eng muhimi — to‘g‘ri foydalanish madaniyatini o‘rganish va qurilmangizning texnik tavsiyalariga amal qilishdir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Noutbuk batareyasini to‘g‘ri foydalanish: doim zaryadda saqlash xafsizmi?