09:55 / 15.08.2018
20 873

Nima uchun duo har doim ham qabul bo‘lavermaydi?

Nima uchun duo har doim ham qabul bo‘lavermaydi?
Har kuni Alloh taoloning huzuriga milliardlab duolar ko‘tariladi.

Ko‘pchiligimiz «Nega duolarim qabul bo‘lmayapti?» deya kuyunishi bor gap.

Avvalo, duo qilish odoblari va shartlariga rioya qilish darkor. Qolaversa, har qanday duoning o‘sha zahotiyoq ijobat qilinmasligining quyidagi bir nechta hikmatlari bor.

Birinchidan, har kimning hayot yo‘liga aloqador sabablar tufayli hamma odamlarning duosi ijobat bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsadir. Misol uchun, hamma boylik so‘raydi. Agar Alloh hamma banalarning so‘rovini ijobat qilib, hamma baravariga boyib ketsa, ko‘pchilik insonlar tug‘yonga ketishlari, yer yuzi fasodga to‘lishi shubhasiz. Alloh taolo aytadi: «Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qo‘ysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U O‘zi xohlaganiga o‘lchov bilan tushiradi. Albatta, U O‘z bandalaridan o‘ta xabardordir, o‘ta ko‘rib turuvchidir» ("Shuaro" surasi, 27-oyat).

Ikkinchidan, albatta, inson duoda yaxshilikni so‘rab, yomonlikdan panoh tilaydi. Lekin yaxshilik va yomonlik doim ham inson tasavvuridagidek bo‘lmaydi. U o‘z o‘y-xayolidagi yaxshilikni istab duo qiladi. Aslida esa bu uning uchun yomonlik bo‘lishi mumkin. Taqdir unga bir ishni ixtiyor qilsa, uni yomonlik deb hisoblaydi. Keyin kunlar o‘tib, uning yaxshilik ekani ayon bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo aytadi:

«Ajab emaski, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo‘lsa. Va ajab emaski, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo‘lsa. Alloh biladir, siz esa bilmassiz» ("Baqara" surasi, 216-oyat).

Uchinchidan, duo qilgan insonning barcha holatida uning duosi ijobat bo‘ladimi-yo‘qmi, baribir unga yaxshilik bo‘laveradi. Agar duosi amalga oshsa, u bilan baxtli bo‘ladi. Agar amalga oshmasa, yoki Alloh bu duoni unga keladigan bir yomonlikning qaytishiga sabab qiladi, yoki uni oxirati uchun zahira qiladi, yoki bir oz vaqtdan so‘ng amalga oshiradi, yoki duosidan unga oxiratini evaz qiladi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida ta’kidlab aytganlar:

«Yer yuzida qay bir musulmon gunoh aralashtirmasdan, qarindoshlik aloqasini uzmasdan turib duo qilsa, albatta, Alloh taolo unga yo so‘raganini tezda beradi, yoki o‘shaning mislicha yomonlikni undan burib qo‘yadi».

Termiziy rivoyat qilgan.

To‘rtinchidan, ba’zilar shariat buyruqlarini bajarmay, qaytariqlaridan qaytmay, qalbida Allohga xolislik bo‘lmay, g‘ofil qalb bilan duo qiladilar. Bu sabablar uning duosi qabul bo‘lmasligi uchun yetarlidir. Sa’d ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Duo qiling, men duosi ijobat bo‘ladiganlardan bo‘lay», deganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Taomingni pok qil, duoing qabul bo‘ladi», dedilar» .

Manba: Islom.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nima uchun duo har doim ham qabul bo‘lavermaydi?