Ochiq kitob
Siz aqllisiz. Insonlarning ham qandayligini bila olasiz. Odamlar oʻzlari yetarlicha qatʼiyatli boʻlmaganliklari tufayli doimo sizning fikringizni soʻrashadi. Qachonki hayotda toʻsiqlarga duch kelsangiz, ularni koʻra bilasiz, yengib oʻtasiz va oʻz yoʻlingizda davom eta oladigan insonsiz.
Atirgullar
Demak, siz barcha narsadan goʻzallikni topa olasiz va koʻra olasiz. Siz sokin qalb egasisiz, tasodifiy va keraksiz suhbatlardan, mojarolardan yiroq yurasiz. Mehribonsiz va koʻpincha atrofdagilarni baxtli qilish uchun qoʻlingizdan kelganini qilasiz.
Havo sharlari
Siz faol va erksevar insonsiz. Siz oʻzingiz toʻgʻri deb bilgan ishni qilasiz va sizni boshqa yoʻlni tanlashga majbur qilib boʻlmaydi. Hayot chidab boʻlmas darajada qiyin boʻlib ketsa ham, barchasi yaxshi boʻlishiga ishonasiz. Eng ogʻir damlarda ham umidingizni yoʻqotmaysiz.
Yurak
Siz kamdan-kam hollarda xafa boʻladigan mehribon insonsiz. Barchaga hamisha yaxshilik tilaysiz va ajoyib shifobaxsh xususiyatga egasiz. Insonlarni oʻz qaygʻurishingiz va muhabbatingiz bilan oyoqqa turgʻizasiz. Kechirimlilik kuchiga ishonasiz.
Sher
Siz jasur va mardlikka toʻla insonsiz. Doimo oʻzingizga ishonasiz va hech qachon oʻzingizdan shubhalanmaysiz. Kuchli va kuchsiz tomonlaringizni yaxshi bilasiz, oʻzingizni boringizcha qabul qilasiz.
Smaylik
Hazil-mutoyibani yaxshi koʻrasiz. Har qanday insonni kulishga majbur qila oladigan insonsiz. Oʻzingizning asl “men”ingizni hazil va kesatiqlar bilan niqoblaysiz. Boshqalar tomonidan tanqid ostida qolish qoʻrquvidan halos boʻling, yana ochiqroq boʻling.
Boʻyinbogʻ
Oʻzingizni nazorat qilish sizda yaxshi rivojlangan. Soʻzingiz ustida turasiz va faqatgina bajara olishingizga ishonchingiz komil boʻlgandagina vaʼda berasiz. Siz mehnatkashsiz va har qanday ishga oʻzingizni 100% bagʻishlaysiz. Sharoit va muammolar sizni qoʻrqita olmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”