Foto: Fotolia
Avstraliyalik olimlar qahva iste’molining yurak-tomir kasalliklari avj olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdorini aniqlashdi. Bu haqda The American Journal of Clinical Nutrition nashrida ma’lum qilindi.
37 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 350 ming kishining salomatligi o‘rganilgan tadqiqot davomida olimlar kuniga 6 chashka qahva ichish yurak-tomir kasalliklari avj olishini 22 foizgacha oshirishini aniqlashgan. Bu qahvaning yurak-tomir kasalliklari xavfining muhim omili hisoblangan qon bosimi oshishiga olib kelishi bilan bog‘langan.
Avvalroq muntazam qahva iste’mol qiluvchi odamlarning yarmidan ko‘pida ushbu ichimlikdan voz kechgandan keyin abstinent sindrom alomatlari: tonusning pasayishi, jizzakilik, agressivlik, bosh og‘riqlari paydo bo‘lishi ma’lum qilingan. Ta’kidlanishicha, qahvadagi kofein moddasiga bog‘liqlik sovuq iqlimga ega davlatlarda ko‘proq namoyon bo‘ladi va aynan shu davlatlarda qahva ko‘p ichiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”