O‘zbekiston iqtisodidagi ko‘plab muammolar Markaziy bankni neytral regulyator siyosat olib bora olmayotgani natijasi o‘laroq yuzaga kelmoqda. Bu haqda iqtisodchi Abdulla Abduqodirov Otabek Bakirovning YouTube'dagi “Dialog” loyihasida aytib o‘tdi.
Skrinshot: YouTube / Otabek Bakirov
Iqtisodchining fikricha, Markaziy bank qimmatli qog‘ozlar va depozitlar bozorida qatnashishi kerak emas.
“Iqtisoddagi ko‘plab muammolar Markaziy bankning neytral regulyator siyosatini olib bora olmayotganidan boshlanmoqda. Aslida, Markaziy bank qimmatli qog‘ozlar va depozitlar bozorida qatnashmasligi kerak. Ammo bizning Markaziy bank depozitlar bozorida ham, qimmatli qog‘ozlar bozorida ham qatnashadi. Va imkoniyati keng o‘yinchi sifatida bozor qoidalarini belgilab beradi. Ya’ni birinchi navbatda bozordagi narxni belgilab beradi.
Misol keltiraman, bugungi kunda Markaziy bank qisqa muddatli depozitlarni qabul qiladi. Bu depozitlarning stavkasi 17-18 foiz. Lekin Markaziy bank depozit qo‘ygan tijorat banklariga 17-18 foiz foydani qayerdan olib beryapti? Nima, Markaziy bank tijorat bankimi?
Bu orqali Markaziy bank bozorga signal berib, pulning narxi shu, demoqchi. To‘g‘ri, bu signalni bozor qabul qilmasligi mumkin. Biroq bu signalni bozor qabul qilishi uchun Markaziy bank o‘yinga kirmoqda. Va bozor qoidalarini majburlamoqda. Asosiy gap shunda!", dedi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari.
Abdulla Abduqodirov
Skrinshot: YouTube / Otabek Bakirov
Abduqodirov o‘z fikrida davom etib, davlat uchun xalq xo‘jaligi va moliyaviy barqarorlik muhim ekanligini, lekin ma’lum iqtisodiy rivojlanish bosqichlarida bitta yo‘nalish tanlashini kerakligini qo‘shimcha qildi.
“Bizda 7 yildan buyon moliyaviy barqarorlik siyosati yuritiladi. Lekin bugun moliyaviy barqarorlik bormi? Mening nazarimda, moliyaviy barqarorlik yo‘q. Buni aniqlashda men uchun eng katta mezon — davlat xarajatlari va tashqi qarzning o‘sishi.
To‘g‘ri, siz “inflyatsiya va almashuv kursi moliyaviy barqaror”, deyishingiz mumkin. Agar bizning katta oltin zaxiramiz bo‘lmaganida, bu darajada almashuv kursini ushlab tura olmagan bo‘lardik. Bugun almashuv kursini ushlab turish uchun o‘nlab tonna oltinni sotishga majbur bo‘lyapmiz", degan iqtisodchi.
Shu bilan birga, suhbat davomida iqtisodchi Abdulla Abduqodirov O‘zbekistonda pensiya ta’minoti uchun davlat budjetidan yildan yilga ko‘proq mablag‘ ajratilayotgani xavotirli ekanligini va jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga o‘tish vaziyatni yaxshilashini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi